Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» De Xea va Marsyal bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

28.02.2021, 14:29

«Manchester Yunayted» klubi yozgi transfer oynasida David De Xea va Antoni Marsyal transferi masalasida takliflarni ko‘rib chiqmoqchi, deya yozadi Eurosport.

Manbaning yozishicha, klub rahbariyati mavsum yakunida ispaniyalik darvozabon va fransiyalik hujumchi bilan xayrlashishga tayyor. Klub 23 yoshli angliyalik darvozaboni Din Hendersonning yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi ekanligi va jamoani tark etmoqchiligi sababli shunday yo‘l tutmoqchi. Rahbariyat darvozabon tanlovida 23 yoshli posbonni qoldirib, 30 yoshli De Xeani boshqa klubga sotib yuborishi mumkin. Golkiperga PSJ qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Marsyalning transferga qo‘yilishi jamoaning yangi transferlari bilan bog‘liq. Klub «Borussiya» vingeri Jeydon Sanchoni sotib olish uchun yetarlicha byudjetga ega bo‘lishi uchun Marsiyalni transferga qo‘yadi.

Ma’lumot uchun, David De Xea APL joriy mavsumida 23 o‘yinda maydonga tushib, 9 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlagan bo‘lsa, Antoni 20 o‘yinda 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.02

Марсиялни бартер килиш керак Астон виллага Грелишни трансферига озрок пул бериб утказмаса нактга хеч кайси клуб олмайди уни.Де Хеа М Ю учун кулидан келганча хизмат килди,олдин яхши уйинлари куп булган хозир даражаси пастлади ёзда кетса обрулирок булади.

  [off]
28.02

Bugin gi uyinni prevyusi qachon chiqadi

  [off]
28.02

Material mayli lekin dexeya qolsa yaxwi

  [off]
28.02

Mbappe varianti zor bolardi

  [off]
28.02

Harry Keyn uchun sarflansa undanda yaxshi

  [off]
28.02

Yaxshi reja
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты