Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Shou: «VAR bizni chalkashtirdi. Hakam Maguayrga: «Penalti belgilasam, bu ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladi», – dedi»

01.03.2021, 14:18

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou APLning 26-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (0:0) qarshi o‘yinda raqib darvozasiga penalti belgilanmagani haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, bahsning birinchi bo‘limida jarima maydonchasi ichida to‘p «Chelsi» yarim himoyachisi Kallum Hadson-Odoining qo‘liga tegdi, bellashuv bosh hakami Styuart Ettuell VAR bilan maslahatlashganidan so‘ng penalti belgilamaslikka qaror qildi.

«To‘p qo‘l bilan o‘ynalganini ko‘rdim. Lekin Grinvudmi yoki Hadson-Odoimi, bilmayman. Shunchaki davom etdim. Hattoki VAR tekshirayotganini ham bilmasdim. O‘yin nima uchun to‘xtatilganiga hayron bo‘ldim. Agar ular buni penalti deb hisoblashmasa, unda nima uchun to‘xtatishdi?

Hakamning Maguayrga: «Agar hozir penalti belgilasam, keyinchalik bu juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladi», – deganini eshitdim.

Lekin tushunmayapman… To‘p bizda edi, hujum qilayotgandik. VAR o‘sha vaziyatda bizni chalkashtirib yubordi.

Agar bu penalti bo‘lmasa, hakamlar o‘yinni davom ettirishlari mumkin edi. Bundan shikoyat qilmoqchi emasman. Menga ikkala jamoa ham g‘alaba uchun yetarlicha harakat qilmagandek tuyuldi», – deydi Shou.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.03

SHuni inobatga olgan holda manchester united kelgusi ikki o‘yinda g‘alaba qozonib ikkinchi o‘rinni saqlab qoladi deb umid qilaman

  [off]
01.03

Mani nazarimda sity manchester united ga yutqazsa ham sity uchun bu hech qanday fojea bo‘lmaydi chunki sity ancha ilgarilab ketgan

  [off]
01.03

Lester west ham everton liverpul tottenxem larni manchester united ga yetib olmasligi uchun so‘ngi ikki uchrashuvda minimal 4 ochko olishi kerak

  [off]
01.03

Kristal pelasni yutishimiz shart sity bilan nima bo‘lishi hozircha muhim emas

  [off]
01.03

Oldinda bizni c.pelas , man city , va milanga qarshi oyinlarda maksimal ochko yigishimiz kerak

  [off]
01.03

Endi foydasiz muhokama qilish. Endi bor etiborimizni c.pelas bn oyinga qaratishimiz kerak
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты