Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ibragimovich 10 kunga safdan chiqdi. U «MYu»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

02.03.2021, 09:18

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich chap son mushaklaridan jarohat oldi.

Milan News’ning yozishicha, shvetsiyalik futbolchi 10 kun ichida qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Shu tariqa Ibragimovich A Seriya doirasida «Udineze» (3 mart) va «Verona» (7 mart) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, u katta ehtimol bilan 11 mart kuni Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi dastlabki bahsda ham maydonga tushmaydi.

Ayni vaqtda «rossoneri» uchun Zlatan yagona yo‘qotish emas. Yana yarim himoyachi Hoqon Chalxono‘g‘lining chap sonida shishish aniqlandi. Jarohatning klinik ko‘rinishiga qarab yangi tekshiruv tayinlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli Ibragimovich bu mavsumda A Seriyada 14 ta o‘yinda 14 ta gol urdi. 27 yoshli Chalxono‘g‘li esa 21 ta bahsda 1 ta gol va 8 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
02.03

Milanni kuzatim s.zvezda bn oyinda yevropa ligasi uchun kurashmayapti.Katta etiborini a seriaga qaratyapti.

  [off]
02.03

Zlatan myu uchun havfli qurol edi.yaxshi yam jarohat oldi.

  [off]
02.03

златин мю билан уйин тугагунига кадар бир оз чеккарокда утиргани макул аралашмай
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты