Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Skoulz: «Tiago Kloppning o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmaydi. U ko‘proq «MYU»ga mos»

02.03.2021, 15:39

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «Liverpul» xavbeki Tiago Alkantara haqida fikr bildirdi.

«Liverpul» 3 nafar markaziy yarim himoyachi bilan o‘ynaydi. Tiago yetarlicha harakatchan, shuning uchun unga faqat markazdagi rol mos keladi. 3 yarim himoyachi o‘ynaganida esa kengroq poziyatsiyada o‘ynash kerak.

Tiagoga o‘yinchilarni boshqarib, faqat markazda bo‘lish ma’qul. Shuning uchun unga «Liverpul»ning o‘yin uslubi mos kelishiga shubham bor. U Yurgen Klopp taktikasiga to‘g‘ri keladigan o‘yinchiga o‘xshamaydi. Mersisaydliklarning yarim himoyachi va hujumchilari soatiga 100 mil tezlikda yugurishi kerak. Tiagoda bunday energiya yo‘q.

Menimcha, Tiago himoyalanishda ham yaxshi harakat qiladigan ikki markaziy yarim himoyachi bilan o‘ynaydigan «MYu»ga ko‘proq to‘g‘ri keladi. Shunda u o‘yinni boshqara oladi», – deydi Skoulz.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
02.03

Myu lingard bn raysni almashtirmoqchi ekan.west hem rozi bolsa boldi

  [off]
02.03

Tiago endi kerakmas.

  [off]
02.03

Bizgа tiаgo'dаnxаm zаrur o'ynchlаr bor mаsаlаn xo'lnt grilish sеvilyа xmoyаchsi dеklаn rаis shulаr olish kеrаk
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты