«Real» Varanni «MYu»ga qo'yib yuborishga tayyor
02.03.2021, 21:08
«Real» markaziy himoyachisi Rafael Varan jamoasini o'zgartirishga yaqin. Bu haqida Daily Mirror xabar bermoqda.
Xabarga ko'ra, «Маnchester Yunayted» futbolchi bilan jiddiy qiziqmoqda va «Real» rahbariyati bilan mazkur transfer yuzasidan aloqaga chiqqan.
Madridliklar o'z himoyachisini 70 million funt sterling evaziga sotishga tayyor deyiladi manbada.
Eslatib o'tamiz, «МYu» markaziy himoyachi Milenkovich transferi bo'yicha «Fiorentina» bilan ham muzokara olib bormoqda.
Joriy mavsumda 27 yoshli Varan La Ligada 24 o'yin o'tkazib 2 ta golga mualliflik qilgan.
Manba: www.footballhd.ru