Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Brunu Fernandesh kumiri haqida: «Inestaga doim havas qilganman. Andres – afsonaviy futbolchi»

03.04.2021, 00:28

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh tvitter ijtimoiy tarmog‘ida muxlislar savollariga javob qaytardi.

Portugaliyalik futbolchi savol-javoblar davomida yoshligidan havas qilgan futbolchisi deya ispaniyalik sobiq futbolchi Andres Inestani aytib o‘tdi.

«Kumirim? Inesta. Unga doim havas qilganman. Andres nafaqat zo‘r futbolchi, hayotda ham ajoyib inson. Afsonaviy futbolchi», – deya javob qaytargan portugaliyalik yarim himoyachi.

Ma’lumot uchun, Inesta Ispaniya milliy jamoasi bilan ikki karra Yevropa chempioni va jahon chempioniga aylangan. «Barselona» bilan esa 9 karra Ispaniya chempioni va 4 marta YeChL g‘olibiga aylangan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  《BEKZODBEK》 [off]
03.04

Inyesta xaqiqatdan zor oyinchi bolgan, paslari aqlbovar qilmas bolardi.
Umumiy: 1
Reklama

© 2021 Uzbek Reds
Контакты