Holandning otasi va Rayola kecha Londonda APLning 4 klubi bilan muzokaralar o‘tkazishadi
03.04.2021, 13:18
«Borussiya» D hujumchisi Erling Holandning agenti Mino Rayola va futbolchining otasi Alfi-Inge Holand kecha, 2 aprel kuni Londonda APLning grand klublari muzokaralar olib borishadi.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, agent va Holandning otasi norvegiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Chelsi», «Liverpul», «MYu» va «Manchester Siti» vakillari bilan uchrashishadi.
Eslatib o‘tamiz, Rayola va katta Holand 1 aprel kuni Ispaniyaga uchib borib, «Barselona» prezidenti Joan Laporta va «Real» prezidenti Florentino Peres bilan ham muzokara o‘tkazishgandi.
Xabar qilinishicha, Dortmund klubi 20 yoshli hujumchisini 180 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Holandning «Borussiya» bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan. U bu mavsumda Bundesligada 21 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi.
Manba: www.tribuna.uz