Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Sulsher – Agueroning «MYu»ga o‘tishi haqida: «Bunday qadam tashlashlariga ruxsat bermayman. Sodiqlik – ilk o‘rinda»

04.04.2021, 15:27

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Manchester Siti» forvardi Serxio Agueroning transferi haqida gapirdi.

«Manchester Yunayted»da o‘ynab, asosiy raqibiga o‘tsam, qadriyatim qanchalik darajada tushadi? Ishonch va sodiqlik – futboldagi asosiy qadriyat hisoblanadi. Shu boisdan futbolchi 10 yil davomida bir jamoada o‘ynab, uning qo‘shnisiga o‘tishini kutmayapman.

Bilaman, biz professionallarmiz. Agarda siz «Manchester Yunayted»da o‘ynab turgan bo‘lsangiz, «Manchester Siti»ga o‘tmaysiz. Ha, bunga qadar ushbu klublar o‘rtasida transferlar bo‘lgan. Ammo men bunga ruxsat bermayman», – deydi Ole.

Bunga qadar 40ga yaqin futbolchilar «Siti» va «Yunayted» tarkibida harakat qilgan.

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar

  《BEKZODBEK》 [off]
04.04

Mana xaqiqiy qizil iblisni gapi bopti.
Umumiy: 1
Reklama

© 2021 Uzbek Reds
Контакты