Sulsher «Brayton» ustidan qozonilgan g‘alaba, Reshford, Grinvud va De Xea haqida fikr bildirdi
05.04.2021, 14:19
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 30-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Brayton» bilan o‘ynash hech qachon oson emas. Yaxshi natija, ammo qiyinchilik bilan erishdik. Bu safar ham ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglay oldik.
O‘ylashimcha, o‘yinni yaxshi boshladik, ammo «Brayton»ning goli bizni ritmdan chiqarib yubordi. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun tanaffus kerak edi. Ikkinchi bo‘limda uzatmalarda yaxshi harakat qildik. Futbolchilar tez-tez ochilishdi.
Reshford ajoyib gol urdi – u xotirjam va e’tiborli edi. Markus bu borada juda ko‘p ishlaydi.
Grinvud mukammal o‘yin o‘tkazdi. Bugun u bizning eng yorqin futbolchilarimizdan biri bo‘ldi. U juda tartibli harakat qildi va o‘z golini urdi.
«MYu»da ikki nafar ajoyib darvozabon bor. De Xea bir qancha vaqtni uyida o‘tkazdi, keyin milliy jamoaga ketdi. U bizda deyarli 1 oydan beri o‘ynamayapti, ammo yaqin kelajakda, albatta, maydonga tushadi», – deydi Ole.
Manba: www.tribuna.uz