Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Ferdinand: «Menimcha De Xea ketadi»

06.04.2021, 16:02

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand darvozabon David De Xeaning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.

Ispaniyalik posbon so‘nggi bir necha o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘ida kuzatmoqda. Shu boisdan uning yozgi transferlar oynasi vaqtida ketishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar ko‘payib ketdi.

«Ikki variant bor: yoki joying uchun kurashasan, yoki ketasan. Agarda Din Henderson mavsumni asosiy darvozabon sifatida yakunlasa, De Xea jamoada qolishiga ishonmayman. Menimcha, u ketadi. Bu yo‘lda uning maoshi kattaligi ham muhim rol o‘ynaydi. Bir jamoada ikki asosiy darvozabon bo‘lishi mumkin emas. Bir vaqtlar De Xea birinchi raqamli posbon edi. Endilikda Sulsher barchasini boshqacha ko‘rmoqda», – deydi Ferdinand.

«Yunayted» 2011 yilda De Xea bilan shartnoma imzolagandi. Ushbu mavsumda David 29 o‘yinda 37 gol o‘tkazib yubordi va 10 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar

  《BEKZODBEK》 [off]
06.04

Dexeadan foydalanib qolish kere birorta oyinchiga almashib.

  Boburshox [off]
06.04

Катта ойлик учун М Ю да юрганларни хаммасини йук килиш керак факат пулни уйлидиган футболчилар керакмас М Ю учун жонини берадиган футболчилар керак Ким булишидан каттий назар,айникса Райола диган агентдан футболчилар олмаслик керак.
Umumiy: 2
Reklama

© 2021 Uzbek Reds
Контакты