Bayi koronavirus sabab tema jamoa o‘yinlaridan so‘ng Angliyaga qaytmadi
06.04.2021, 18:16
«Manchester Yunayted» himoyachisi Erik Bayi yaqin o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
26 yoshli ivuarlik futbolchi terma jamoa ixtiyorida koronavirusga musbat test topshirdi. Shu sabab futbolchi ortga, ya’ni Buyuk Britaniyaga qayta olmaydi.
Qayd etish kerakki, Bayi koronavirusga manfiy test topshirgani zahoti Angliyaga qayta oladi.
Manba: www.championat.asia