Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Ideal o‘yin bo‘lgani yo‘q. 3 futbolchimiz diskvalifikatsiyaga uchradi»

09.04.2021, 12:04

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Granada»ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ideal o‘yin bo‘lmadi. Sariq kartochkalar tufayli 3 o‘yinchimiz diskvalifikatsiyaga uchradi. 2:0 – yaxshi natija. Ispaniyada o‘ynash qanchalik qiyinligini bilamiz. Bu yerda natijaga erishish uchun juda yaxshi o‘ynashingiz kerak.

Reshford va Fernandesh – biz uchun juda muhim bo‘lgan ajoyib futbolchilar. Markus yugurayotgan holatda to‘pni ajoyib tarzda to‘xtatdi. Brunu penaltini aniq amalga oshirishga ishondi, garchi darvozabon zarbani qaytarishga yaqin kelgan bo‘lsa ham.

Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Jamoamiz yosh, hali ham o‘rganmoqda. Doim o‘sib borish kerak. Agar bo‘shashsangiz, raqiblar sizni tezda taslim qilishadi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, sariq kartochkalar limiti bois mankunianliklardan Skott MakTomini, Lyuk Shou va Harri Maguayr javob bahsini o‘tkazib yuborishadi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
10.04

Keyingi oyinda markaziy himoyada Lindelof&Tuanzebe juftligini korarkanmizda

  [off]
10.04

Myu yutti muximi shu, idealmi ideal emasmi farqi yoq. Xozir birorta klub ideal oynolmayapti.

  [off]
09.04

Худди аввал идеал уйин булгандек гапирибди баликчи
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты