Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lish hayolimga ham kelmagandi»

10.04.2021, 14:40

«Manchester Yunayted» ustozi Ole-Gunnar Sulsher ushbu klub bosh murabbiy bo‘lishini tasavvur ham qilmaganligini ta’kidlab o‘tdi.

– «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaganimda professional futbolchi bo‘lish orzuim bo‘lgandi. Juda ajoyib futbol karerasiga ega bo‘ldim, shu boisdan klubdan juda ko‘p narsa qarzdorman.

– Futbolchilik davringizda «Yunayted»ning bosh murabbiyi bo‘lishni orzu qilganmisiz?
– Menga «Futbol menejeri», «Chempionat menejeri» kabi o‘yinlar juda ham yoqardi. O‘zimni murabbiy sifatida tasavvur qilganman. Ammo «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lish hayolimga ham kelmagandi, – deydi Ole.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты