Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Dunyoning eng qimmat darvozaboni «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin

10.04.2021, 14:48

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli darvozabonga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» Oblakni David De Xeaning ehtimoliy ketishi sabab o‘z tarkiblariga jalb qilishni xohlamoqda. Ammo Oblak Yevropa Ligasi ishtirokchisi safiga o‘tadimi yoki yo‘q, bunisi ma’lum emas.

Yan «Atletiko» sharafini 2014 yildan beri himoya qiladi. Posbon joriy mavsum La Liga doirasidagi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p (Ispaniya chempionatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich) olib chiqdi.

Ta’kidlash kerakki, David De Xea ham «Atletiko» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «MYu»ga 2011 yilda o‘tgan edi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
11.04

Darvozabon uchun pul yoq ortiqcha

  [off]
10.04

Hendo norm bizda bizga grilish holind va yaxshi bitta ximoyachi bolsa super sastaf bolardi

  [off]
10.04

Bu xabarni City muxlisi yozgan shekilli
. Ammo Oblak Yevropa Ligasi ishtirokchisi safiga o‘tadimi yoki yo‘q, bunisi ma’lum emas.
Deb mensimay yozibdi

  [off]
10.04

100% Yolgon
Hendo borku bizarda
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты