Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fernandesh «MYu»da so‘nggi 14 oy ichida 20 ta penalti tepdi

10.04.2021, 15:07

«Manchester Yunayted» Yevropa Ligasining 1/4 final uchrashuvi doirasida safarda «Granada»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Manchesterliklarning ikkinchi goliga Brunu Fernandesh mualliflik qildi. U 90-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

Portugaliyalik futbolchi «MYu»ga 2020 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgandi. O‘shandan buyon u 20 marta penalti tepdi va ularning 19 tasida gol urdi.

Ushbu mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta gol urdi. Shularning 11 tasi 11 metrlik jarima nuqtasidan.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
11.04

Yomonam xo'rlab tepadida oziyam penaltini malades
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты