Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» De Xeani ijaraga bermoqchi

10.04.2021, 15:13

Darvozabon David De Xeaning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Ushbu mavsumda ispaniyalik posbon asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi va Din Henderson bilan raqobatda mag‘lub bo‘lmoqda. Undan tashqari, 30 yoshli posbonning maoshi yuqoriligi sababli klub uni boshqa jamoaga ijaraga berishga tayyor bo‘lib turibdi.

Ammo klubdagilar jamoaning uzoq yillik posbonini sotib yubormoqchi bo‘lmayapti. David ushbu mavsumda 24 o‘yinda qatnashib, shularning 10 tasida gol o‘tkazib yubormadi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.04

10 та курук уйин жуда ёмон.

  [off]
11.04

Mavhum xabar
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты