Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «O‘g‘lim maydonda Son Hyon Mindek 3 daqiqa yotsa, uni kechki ovqatsiz qoldirgan bo‘lardim»

12.04.2021, 11:54

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 31-turidan o‘rin olgan «Tottenhem»ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Birinchi bo‘limdagi golimiz haqqoniy edi. Agar o‘g‘lim xuddi Sondek maydonda 3 daqiqa yotsa va o‘zini 10 nafar sherigining yordamisiz o‘rnidan tura olmaydigandek ko‘rsatsa, uni kechki ovqatsiz qoldirgan bo‘lardim. O‘sha vaziyat burilish nuqtasi edi. Ungacha payshanba kuni Yevropa Ligasida o‘ynagan jamoa sifatida harakat qilayotgandik.

Bo‘layotgan voqealarga yaxshi munosabatda bo‘ldik va ikkinchi bo‘limda ajoyib o‘ynadik. Adolatsizlikni his qildik va xarakter ko‘rsatdik. Bunday qarorlar mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashimizga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvning birinchi bo‘limida mankunianliklar forvardi Edinson Kavanining goli VAR tekshiruvi orqali bekor qilindi, chunki hujum boshlanayotganda Skott MakTomini raqib hujumchisi Son Hyon Minning yuziga urib yuborgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.04

Gazini bos Ole uzi ancha bulgandi Mourga hech Kim gap otmay quyganiga ham

  [off]
12.04

Falsafafiy gaplar bilan Mourga tosh otipsanda xali otvet qiladi u sassiq
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты