Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Joze: «Sonning omadi kelgan, chunki uning otasi inson sifatida Sulsherdan yaxshiroq»

12.04.2021, 11:57

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 31-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga (1:3) qarshi o‘yindan keyin raqib ustozi Ole-Gunnar Sulsherning fikrlariga javob qaytardi.

Norvegiyalik mutaxassis «shporlar» yarim himoyachisi Son Hyon Minni Skott MakTomini bilan to‘qnashuvdan so‘ng maydonda uzoq vaqt yotganini tanqid qilgan va «Agar o‘g‘lim shunday qilganida, uni kechki ovqatsiz qoldirgan bo‘lardim», degandi.

«Sonnining omadi kelgan, chunki uning otasi inson sifatida Oledan yaxshiroq. Chunki ota nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘g‘lini boqadi, unga g‘amxo‘rlik qiladi. Hatto bolangiz uchun ovqat o‘g‘irlashingiz kerak bo‘lsa ham, bajarasiz.

Olega uning so‘zlari haqida o‘ylayotganimni aytdim», – deydi Joze.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.04

Jose out

  [off]
14.04

bu achishganidan nima deyishni bilmidi .Sulsher tarbiya sifatida erkak bulib usishi uchun shunaqa jazo qilardim degan . xammaniyam otasi jazolaydiku

  [off]
12.04

Mana otvet
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты