Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Joze: «Pogba chetlatilishi kerak edi. Bunday natijaga loyiq emasdik»

12.04.2021, 12:01

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 31-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga (1:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Kuchli yarim himoyachilari ko‘p bo‘lgan yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Ikkinchi golni urish uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud edi.

O‘yin yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Fikrimcha, bunday natijaga umuman loyiq emasdik. Omadimiz kelmadi. Pogba Orega qarshi tirsagini ishlatgani uchun maydondan chetlatilishi kerak edi.

VAR haqida boshqa hech narsa demayman. Boshqa hech narsani tushunmayapman. VAR orqali ba’zan kerakli natijani olasiz, ba’zida yo‘q. Bunga qanday izoh berishni bilmayman. Futbolchilar golni nishonlashdan qo‘rqib qolishgan», – deydi Joze.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.04

Myu yutti boldida Mour

  Jasurbek [off]
12.04

U boshqargan jamolar kuchli buganda

  [off]
12.04

Dunyoni kuchli treneri deydi Mourinyoni men chota uni kuchli taraflarini ko'rmadim.Realda Porto Interda trenerlik qilganda ham Avtobus usulini qolab jamoani sust qilib qoygan.Yutgan sovriniga kelsak prosta omadi kelgan.

  Nodir [off]
12.04

Sanda doim shunaqa bahonala topiladi, Man Utd kuchli edi , g'alabaga haqlidi demaysana o'tgan safar hakam nohaq qizil bergani yetmadimi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты