Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Real», «MYu» va PSJ Milinkovich-Savichga qiziqmoqda

13.04.2021, 14:31

«Latsio» yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga «Real», «Manchester Yunayted» va PSJ klublari qiziqmoqda. Agar «Latsio» kelasi mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynasa, u klubda qolishi mumkin.

Milinkovich-Savich 2019 yilning yozida «MYu»ga o‘tishi mumkin edi. O‘shanda o‘yinchi klub bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilgan edi, ammo bitim amalga oshmagan.

«Latsio» bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnomasi bo‘lgan futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.04

Bu xam bir variant

  [off]
13.04

Myugа grilish rаis kеlsа bo'ldi po'ldi yo'qligi bilinmеdi

  [off]
13.04

Bu bolа riаlgа o'tksi bor miyugа kemеdi
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты