Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Aleks Fergyuson: «MYu»da bor yo‘g‘i 4 nafar top-darajadagi futbolchi bo‘lgan»

13.04.2021, 22:36

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida to‘p surgan 4 nafar jahon darajasidagi futbolchilarni sanab o‘tdi.

«Gazetalarni o‘qiganimda yoki sharhlovchilarni eshitganda jamoamda top-darajadagi o‘yinchilar tiqilib yotgandek tasavvur uyg‘onardi. Ammo «MYu»dagi 26 yillik faoliyatimda birga ishlagan futbolchilarning mehnatini kamsitmagan holda aytishim mumkinki, qo‘l ostimda bor yo‘g‘i 4 nafar top-darajadagi futbolchi bo‘lgan. Bular – Kantona, Giggz, Skoulz va Ronaldu. Ular orasida Krishtianu yangi yil archasi ustidagi yulduzdek edi. Rayan va Pol singari Premer Ligada uzoq yillar barqaror o‘ynagan futbolchi boshqa chiqqani yo‘q», – deydi Fergyuson.

Ma’lumot uchun, shotlandiyalik afsonaviy murabbiy 1986 yildan 2013 yilgacha «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida ishlab, 13 karra APL chempioniga aylangan. Fergyuson nafaqaga chiqqach, klub hozirgacha mamlakat chempionligiga erishgani yo‘q.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.04

ser alex ham qarip nima deyotkanini bilmayaptimi runisiz myu

  [off]
14.04

Iye bizi yoqtirgan rooney qani Ser Alex?

  Nodir [off]
14.04

Man koproq Vidic va Ferdinand o'yinlarini ko'rib mazza qilardim, Messini eng pik formaga chiqan paytida shtraf qimay topni olib qo'ygish ilojsiz edi Vidich bir necha bor bunday ishni uddalagan.

  [off]
14.04

Sazelar olmasin Kantona, Giggs, Skouls, Ronaldu, Rooney 5ta ekan Tel qildim SAFga adashipti 5ta ekan. Rooneysiz Myu bir paytlar choloq otga oxshab qolardi.

  [off]
14.04

Runidi qo'shish kеrаkеdi

  [off]
13.04

Runi chi
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты