Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Igalo: «Har kuni ertalab uyqudan turganimda o‘zimni «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi ekanligimni his qilaman»

14.04.2021, 06:10

O‘tgan mavsumda ijara asosida «Manchester Yunayted» tarkibida harakat qilgan Odion Igalo mankunianliklar tarkibidagi hayoti haqida gapirdi.

«Manchester Yunayted»da qolishimga imkoniyat juda kam edi. Mening yoshimdagilar ko‘proq o‘yin amaliyotini istaydi, menga esa maosh ham kerak emasdi. Ko‘proq o‘ynashni istagandim.

Juda ham xursandman, yo‘llarim «Manchester Yunayted» bilan kesishdi. Bu klubni butun bir yuragim bilan sevganman va doimo tarkibida o‘ynashni orzu qilganman. Murabbiydan, sobiq jamoadoshlarimdan va muxlislardan minnatdorman.

«Vest Hem» yoki «Vest Bromvich» orqali APLda qolishim mumkin edi. Ammo Angliyaning, balki, dunyoning eng katta klublaridan biri bo‘lgan «Manchester Yunayted» tarkibida o‘ynaganimdan keyin APLda yana nima qilishim kerak?

«Tottenhem»? Ha, yaqin edim. Agentim qo‘ng‘iroq qilib, klubdagilar menga Xitoydagi kabi maosh to‘lay olishini aytdi. Biroq «Manchester Yunayted» menga qiziqish bildirganini eshitib, qolgan barcha takliflarni rad qildim.

[Изображение удалено]

Maoshimning qisqarishi meni qiziqtirmadi. Asosiysi – bolaligimdan buyon muxlislik qilgan «Manchester Yunayted»da o‘ynasam bo‘lgani edi. Hudodan mingdan ming minnatdorman. Har kuni ertalab uyqudan turganimda o‘zimni «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi sifatida his qilaman.

Garchi «Manchester Yunayted»da o‘ynamayotgan bo‘lsam-da, Nigeriyada muxlislar har kuni ismim tushirilgan klub liboslarini sotib olishadi. Ba’zida Manchester shahrining o‘zidan liboslarga buyurtma beraman va ularni mahalliy insonlarga tarqataman.

«Manchester Yunayted» tarkibidagi ilk nigeriyalik futbolchi bo‘lganimdan g‘ururlanaman. Agar yana bu haqida gapirsam, yig‘lab yuborishim mumkin. Chunki juda ham minnatdorman.

Klubdagi eng yorqin onlar? Barchasi! Har kuni ertalab o‘rnimdan turib, mashg‘ulotlarga borishim eng zavqli onlar bo‘lgan. Yigitlarni ko‘rish, kulishlarini, gapirishlarini eshitish... Har bir ondan lazzat olganman.

Ijara muddati uzaytirilganidan keyin deyarli o‘yinlarga tushirilmadim. Balki bu adolatsizlikdir. Ammo klub libosini kiyib, klub sharafini himoya qilish uchun imkon bergan barchadan minnatdorman. Klubga kelishimdan oldinoq har bir uchrashuvda maydonga tushmasligimni bilganman.

Sulsher? U o‘yiningiz o‘xshamay turgan paytda nima deyishni yaxshi biladi. Uni qattiq hurmat qilaman. Chunki aynan u sababli «Manchester Yunayted»ga bordim. Usiz buning iloji yo‘q edi.

U juda aqlli murabbiy. Taktik tomondan ham. «Manchester Yunayted»ga yaxshi futbolchilarni olib kelishni biladi, qo‘l ostidagi barcha futbolchilarning ko‘zlari yonib turadi. Bu esa juda yaxshi holat.

[Изображение удалено]

APLda titul? Oldinda 6-7 o‘yin bor. Ammo «Siti»ning 3 o‘yinda mag‘lub bo‘lishini kutmayapman. Qiyin bo‘lishini bilib tursam ham, har kuni «Manchester Yunayted»ning chempion bo‘lishiga duo qilib turibman.

Lingard? Uning o‘yinlaridan ajablanganim yo‘q. U doimo mashg‘ulotlarda yuqori tempda ishlaydi. «Manchester Yunayted» tarkibida maydonga tushganda ham o‘zini yaxshi ko‘rsata olardi.

«Manchester Yunayted» kabi klubda o‘ynagandan keyin doimo bosim his qilib turarkansiz. Ba’zida bu futbolchiga juda qattiq bosim beradi. «Vest Hem» «Manchester Yunayted» kabi buyuk emas. Agarda ushbu klubga o‘tganimda o‘zimda kamroq bosim his qilgan bo‘lardim.

Albatta, Lingardda «Yunayted»da o‘ynash uchun imkoniyat bor. Ammo u zaxirada o‘tirish uchun jamoaga qaytmasa kerak deb o‘ylayman. Chunki ayni damda u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Agarda u oldingidek ishonch bilan «Yunayted»ga qaytsa, balki, asosiy tarkibda ham o‘ynashi mumkin. Bu esa «Yunayted» uchun juda foydali.

Kavani? «Manchester Yunayted» ilk kundanoq futbolchini qo‘llab-quvvatlaydi. Klubdagilar mening «Yunayted»da qolishimni taklif qilishgandi. Ammo barchaning o‘z qarashlari va qarorlari bor», – deydi Igalo.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
15.04

Qoyil Igalo, xuddi ichimdagi gaplarni birovga gapirayotganday bo'ldim to'g'risi. RESPEKT ODION IGHALO

  [off]
15.04

Igolaga gap-so'zlariga gap yo.shu o'yinchiga ko'pro imkoniyat berilmadi eh.buni haqiqiy muhlis deyiladi puling ham keremas faqat ManYuda o'ynasam deydi.

  [off]
14.04

Myu muxlisi bizga oxshagan malades.
a

  admin [off]
14.04

Игало - ТОП! Хурматга лойик уйинчи.
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты