Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» himoyachisi uni «Shouberto Karlos» deb nomlashayotganiga munosabat bildirdi

14.04.2021, 06:28

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shouni braziliyalik Roberto Karlosga qiyoslashmoqda.

«Rostini aytsam, buni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rganman, ba‘zida esa jamoadoshlarim xuddi shu kabi narsalarni chatimizga yuborishadi va bunga shunchaki kulib qo‘yaman! Meni Roberto Karlosga qiyoslash noo‘rin, u aqlbovar qilmas futbolchi edi. Buni to‘g‘ri tushunaman. Meni «Shouberto Karlos» deb chaqirishyatganidan xursandman, ammo bu kulgiga sabab bo‘ladi», – deydi Shou.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 27 o‘yinda qatnashib, 1+5 natijaga erishdi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
14.04

Shou endi pik formasiga kiryapti.

  [off]
14.04

Kimdur himoyadaxam qoliwi keragu maguayr shou otib ketvotti lendilofga iwonc yo....

  [off]
14.04

Bissaka ohirgi payt kam hujm qilmoqda

  [off]
14.04

Tеlеs kеgаndаn kеgin аnchа kuchаydi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты