Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Varan bilan shartnoma imzolamoqchi

15.04.2021, 14:09

«Manchester Yunayted» ushbu yozda «Real» himoyachisi Rafael Varanni sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Fransiyalik futbolchi Madridda o‘ynashni davom ettirmoqchi emas.

«Real» futbolchini 60 million funt atrofida baholamoqda, ammo «Manchester Yunayted» futbolchining narxini tushirishga harakat qiladi.

«Manchester Yunayted» allaqachon Varanni olishga harakat qilib ko‘rgan. 2011 yilda ser Aleks Fergyuson o‘sha paytda «Lans»da o‘ynagan fransiyalikni taklif qilmoqchi edi, ammo o‘sha paytda «Real»da maslahatchi bo‘lib ishlagan Zinedin Zidan Varanni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan.

Bundan tashqari, «Yunayted» 2017 yilda ham futbolchini sotib olishga urinib ko‘rgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shu sababli, klub «Benfika»dan Viktor Lindelyofni taklif qilgan.

Varan joriy mavsum Ispaniya chempionatida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.04

тугри варан барча кубокларини олиб булди энди жон бериб уйнамайди бизга борини бериб уйнайдиган химоячи керак

  [off]
15.04

White ni olsin

  [off]
15.04

Menimcha MYU ga Varan kerak emas. APL ni o'zidan olish kerak.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты