Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» APLda «Arsenal»ning natijasini takrorladi. Mutlaq rekordgacha 4 qadam qoldi

15.04.2021, 18:52

«Manchester Yunayted» Premer Liga 31-turi doirasida «Tottenhem»ga qarshi kechgan bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari chempionat doirasida safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 23 taga yetkazdi.

Bu liga tarixidagi ikkinchi rekord natija hisoblanadi. Bu borada Manchester jamoasi «Arsenal» (2001 yildan 2002 yilga qadar 23 ta safar o‘yinlarida mag‘lubiyatsiz seriya) bilan bir xil natija qayd etib turibdi.

Rekord ham «Arsenal»ga tegishli: londonliklar 2003 yildan 2004 yilga qadar APLning 27 ta safar o‘yinida yutqazmagan.

«Manchester Yunayted» 31-turdan keyin 63 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Manchester Siti»dan 11 ochko ortda qolmoqda.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.04

Nasib bolsa wu yil rekordni takrorlemiz
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты