Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Yevropa Ligasining yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

16.04.2021, 11:53

Yevropa Ligasining chorak final javob bahslari bo‘lib o‘tdi va yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

Yarim finalda «Manchester Yunayted» «Roma» bilan kuch sinashsa, «Vilyarreal» «Arsenal»ga qarshi bahs olib boradi.

Dastlabki o‘yinlar 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari esa 6 may kuniga mo‘ljallangan.

Chorak finalda «Manchester Yunayted» «Granada»ni (2:0, 2:0), «Roma» «Ayaks»ni (2:1, 1:1), «Vilyarreal» Zagrebning «Dinamo»sini (1:0, 2:1), «Arsenal» esa «Slaviya»ni (1:1, 4:0) musobaqadan chiqarib yubordi.

Yevropa Ligasi

Yarim final


«Manchester Yunayted» Angliya – «Roma» Italiya

«Vilyarreal» Ispaniya – «Arsenal» Angliya

[Изображение удалено]

Manba: www.daryo.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты