Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Oldinda «Roma» bilan haqiqiy «janglar» kutib turibdi»

16.04.2021, 18:39

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Granada»ga (2:0) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Granada» ter to‘kishga majbur qildi. Yaxshi himoyalanishimiz kerak edi. Gol o‘tkazib yubormadik.

«Roma»ning juda ko‘p o‘yinlarini ko‘rganman. Ular «Ayaks» bilan ikkita yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Italiya jamoalari qanday himoyalanishni bilishadi. Hujumchi Edin Jeko esa jarima maydonchasi ichida xavfli.

Yarim final o‘yinlarini intiqlik bilan kutyapmiz. Oldinda haqiqiy «janglar» kutib turibdi, chunki «Roma» – boy tarixga ega jamoa.

Bungacha italyan jamoalariga qarshi yaxshi o‘ynaganmiz. Finalga chiqamiz, degan umiddamiz. Mavsum oxirida sovrin qo‘lga kiritish juda yaxshi bo‘lar edi», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
17.04

Sulsher gazini boss

  [off]
16.04

Shuncha yeganing yetadi yarim finallarda hech bolmasa finalga chiq Sulsher

  [off]
16.04

Naqd deb oldindan aytish notog'ri. Sababi yarim.final tig'iz taqvimga tog'ri kelyapti. Ya'ni 25 aprel safarda Aston Villa ,29 aprel Roma uyida , 1 may Liverpul uyda, keyin Rimda 6 mayda Shu oldindan bir narsa deb bo'lmaydi.

  [off]
16.04

Inshalloh olamiz kubokni faqat va faqat galaba
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты