Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba Brunu Fernandeshning yagona kamchiligini aytdi

18.04.2021, 13:14

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba Bruno Fernandeshning o‘yini haqida fikrlarini bildirib, portugaliyalikning yagona kamchiligini aytdi.

«Brunu bilan bir jamoada o‘ynash yoqadi. U futbolni yaxshi tushunadi, o‘yinni o‘qiy oladi. Ajoyib uzatma oshirishi bilan birga yakuniy zarbani berishda ham yaxshi. U faqatgina himoyada o‘ynay olmaydi xolos, boshqa hamma narsa qila oladi. Brunu meni juda yaxshi tushunadi, u bilan maydonda birga to‘p surish yoqimli. Fernandeshni «Manchester Yunayted» uchun juda mos o‘yinchi deb bilaman, u jamoaga qanday ta’sir qilishni biladi», – deydi Pogba.

Ma’lumot uchun, Fernandesh APL joriy mavsumidagi 31 o‘yinda 16 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.04

Manga desa kengani ma'qul.shu Pogbani

  [off]
18.04

Pol Pogba MJga yangi shartnoma imzolashi uchun shartlar qo'ydi.


Yarim himoyachi Pol Pogba "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini yangilashga tayyor, ammo haftasiga 500 ming funt olmoqchi, deb xabar beradi Daily Star. Bundan tashqari, frantsuz imidj huquqlaridan foydalanishning saxiy ulushini da'vo qilmoqda. Hammasi bo'lib, biz 800 ming funtga yaqin miqdor haqida gapiramiz.

Pogbaning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunida tugaydi.

2021-04-

  [off]
18.04

Оша бойи билан керак болса химояга хам йордамга кайтябди.Погба ози сен охирги кунларда копрок гапирябсан.Ойинида осиш бор лекин
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты