Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Biz Fergyuson davrida yashamayapmiz»

18.04.2021, 18:47

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Daily Mail nashriga bergan intervyusida ser Aleks Fergyuson davriga qaytishning iloji yo‘qligini aytdi.

«Biz ser Aleks Fergyuson davrida yashamayapmiz. U ketganidan buyon klubda transformatsiya bo‘lmoqda. Uning davridan-da yaxshirog‘i bo‘lmaydi.

U boss edi. Uning o‘rnini bosishning iloji yo‘q. Biroq rivojlanyapmiz, qadam va qadam bunga harakat qilyapmiz. Agarda bu yaxshi davom etsa, biz ham sovrinlarga ega chiqamiz, liga titulini qo‘lga kiritamiz. Bu bizning ambitsiyamiz.

Nima haqida gapirayotganimni bilib turibsiz. Siz asta-sekinlik bilan rivojlanasiz. Hayot shunday. O‘tgan mavsumda uchinchi o‘rinni oldik, ayni damda 2-o‘rindamiz. Yuqorilash bor. Ammo bu nuqta emas. Nuqta – liga tituli», – deydi Ole.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.04

Sulsher togri yoldasan.

  [off]
18.04

Бу мавсум 2 кейинги мавсумда эса 1 ӯринни оламиз

  [off]
18.04

Худо хохласа Аплни ютамиз
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты