Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Bernli» «Old Trafford»dagi so‘nggi 4 o‘yinida mag‘lub bo‘lmagan

18.04.2021, 18:53

Bugun APLning 32-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bernli»ni qabul qiladi.

Qayd etish kerak, «Bernli» jamoasi mankunianliklarning noqulay raqibi hisoblanadi. Ushbu klub «Old Trafford»da o‘tgan so‘nggi 4 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan va ushbu natijaga erishgan APLning yagona jamoasi hisoblanadi.

29.10.2016: «Manchester Yunayted» – «Bernli» 0:0
26.12.2017: «Manchester Yunayted» – «Bernli» 2:2
29.01.2019: «Manchester Yunayted» – «Bernli» 2:2
22.01.2020: «Manchester Yunayted» – «Bernli» 0:2

Ammo ushbu mavsumda «MYu» raqibi maydonida g‘alabaga erishgan va mezbonlar birorta gol ham ura olishmagan.

Dastlabki davradagi uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Pol Pogbaning goli evaziga kichik hisobda g‘alabaga erishgandi.

Bugungi uchrashuv soat 20:00 da start oladi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.04

Xudo xoxlasa Bugun MYU g'alaba qozonadi. MYU Omad.

  [off]
18.04

Бугун бу серия бузилади
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты