Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Real» va «MYu» boshchiligidagi Superliga tarafdorlari tez orada yangi turnir yaratilishi haqida e’lon qilishadi

19.04.2021, 06:09

Bir qator klublar tez orada Yevropa Superligasi yaratilishi haqida e’lon qilishadi, deya xabar bermoqda Marca.

Manbaning yozishicha, bu UEFAning 19 aprel kuni Chempionlar Ligasi yangi formatini tasdiqlashi mumkinligi bilan bog‘liq. UEFAning yangi formatiga javoban «Real» va «Manchester Yunayted» boshchiligidagi Yevropa Superligasi tarafdorlari bo‘lgan klublar yangi turnirning yaratilishi haqida e’lon qilmoqchi.

Qayd etilishicha, Madrid klubi rahbariyati Key Capital moliyaviy firmasi bilan birgalikda Superliganing yangi loyihasi bo‘yicha ishlagan. Barcha superklublar ushbu loyihadan xabardor qilingan. Unga ko‘ra, top-klublar ushbu turnir orqali bir yilda 350 million yevrogacha daromad olishlari mumkin.

Avvalroq, «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem» ham moliyaviy katta daromad keltiradigan turnirda ishtirok etish masalasida o‘z roziligini bildirgani, PSJ, «Bavariya» va «Yuventus» esa hozircha bu masalada aniq javob bermagani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA va UEFA fevral oyida Superliga yaratilishiga qarshi ekani haqida bayonot berib, bu turnirda ishtirok etgan klub futbolchilari milliy jamoalar safida jahon chempionati va qit’a chempionati o‘yinlariga qo‘yilmasligi haqida ogohlantirgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.04

Ex aqmoqlar nima keragi bor bema'ni turnirlarni. Axir pul deb futbolni ko'tiga tiqadi bular. Bu Peres hammani narsa o'ldirdi. Gleyzerlar oldindan pul dwb o'lgan. APL o'zi o'sha Superligan kam joti yo'qku. Rasmiy turnir sifatida qaralmas UEFA va FIFA tomonidan . Kecha rasman tan olonibti. 12ta klub afsuski unda MU ham bor . Pul deb Futbol jozibasi o'lyapti. Zo'r grand klublar bir biri bilan o'ynasa lekin har hafta o'ynasa u kliblar ni tamom qiladi hamda obro'sizlantiradi. Muxlislar Chl ni orziqib kutadi sababi klublar ham bu turnirni yaxshi ko'radi. Lekin bu turnir zodagonlar majlisi bo'ladi. Endi bundan keyin kiber sportni obro'i oshsa kerak. Kichkina klublar katta klublar bilan o'yinlarni orziqib kutardi. Ex aqmoqlar. Yulduzchalar yulduz bo'ladigan o'yinchilar anashunaqa o'yinlarda chiqardi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты