Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «MYu» yaxshi formada. Mavsumni Yevropa Ligasidagi g‘alaba bilan yakunlamoqchimiz»

19.04.2021, 12:26

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 32-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga (3:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«3 ochkodan juda xursandmiz. 2015 yildan beri uyda «Byornli»ni mag‘lub eta olmayotgandik. Yaxshi natija, ketma-ket 5 g‘alaba. Ajoyib formadamiz.

Birinchi bo‘limni odatdagidek boshladik, to‘pni nazorat qildik, ammo bo‘sh hudud topa olmadik. Raqib juda yaxshi himoyalandi. Ritmni ushlab tura olmadik. Ikkinchi bo‘limda «MYu» yugurdi, o‘ynadi va haqli ravishda gol urdi.

Bu yil oldinga siljishimiz va yaxshiroq bo‘lishimiz kerakligini aytgandik. Hozirga kelib, o‘tgan mavsumda to‘plagan ochkolarimizga (66) tenglashdik. Oldinda yana o‘yinlar bor. Bu – o‘sish.

Mavsumni Yevropa Ligasidagi g‘alaba bilan yakunlamoqchimiz. Oldinda e’tiborli bo‘lishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab o‘yinlar bor», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.04

SUPERLIGA HAMMAYOQI KOT QLDI

  [off]
19.04

Еvropa liga ham onasinikiga kirdi,MYU ni shonli tarixi ham onasinikiga kiradigandek ko'rinmoqda,men bu turnirga mutlaqo qarshiman,bu futbol emas beznes

  [off]
19.04

Европа лигасиям пишди, мю чикиб кетди евросоюздан суперлигани деб,бу кетишда премьер лигадан хам чикиб кетмаса булди, шунга караб кетябди
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты