Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Klopp Sulsherni qo‘llab-quvvatladi

13.05.2021, 12:03

APL 36-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Lester»ga qarshi deyarli zaxira tarkibi bilan maydonga tushib, mag‘lubiyatga (1:2) uchragach, bir qator mutaxassislar mankunianlar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni tanqid qila boshlagandi. «Liverpul» ustozi Yurgen Klopp esa norvegiyalik hamkasbini qo‘llab-quvvatladi.

«Bizga qarshi o‘yin oldidan Sulsher «Lester» bilan bahsda tarkibni o‘zgartirishini kutgandim. O‘zaro o‘yinimiz qoldirilishiga va «MYu»ning taqvimi yakshanba-seshanba-payshanba ko‘rinishiga kelishiga sabab bo‘lgan Manchesterdagi namoyishlar bu – jinoyat.

Ularning taqvimi dahshatli – 5 kunda 3 ta o‘yinni bir xil tarkibda o‘tkazib bo‘lmaydi. «Lester» bilan o‘yinda tushirilgan zaxira tarkibi bu Sulsher yoki futbolchilarning aybi emas. Bunday vaziyatda men ham shunday qilgan bo‘lardim», – deydi Klopp.

Avvalroq, Angliya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Trevor Sinkleyr «Lester»ga qarshi uchrashuvga zaxira tarkibini tushirgan va mag‘lubiyat sababli APLdagi YeChL yo‘llanmasi uchun kurashga ta’sir qilgan «MYu»dan 6 ochko olib tashlash zarurligini ta’kidlagandi.

Ma’lumot uchun, «MYu» – «Liverpul» o‘yini 2 maydan 13 mayga ko‘chirilgani sababli Manchester klubi 5 kun ichida 3 ta o‘yinda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bois Sulsher 9 may kuni «Aston Villa» (3:1) bilan o‘yinda maydonga tushgan futbolchilarni 11 may kuni «Lester»ga (1:2) qarshi asosiy tarkibda maydonga tushirmay, «Liverpul» bilan o‘yinga (13 may) olib qo‘ydi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
14.05

"Амин" бу Синклэйрни орқаси ачивотти шекили алам қилганидан нималардир дивотти

  [off]
13.05

Синклейр даврида boxing day дан ташкари хамма вактдаям хафтада узоги билан 2 ойин болар эди ози ойнаганида йигларди таквим тигиз деб.Улар коча футболи эмас профессионал футбол ойниди.

  [off]
13.05

Trevor Sinklyer bu tomdan yiqilib tushganmi. Nima mish olti ochko olib tashlash kerak emish. Hech qayerda yozilmagan doim 11 ta bir o'yinchini tushurish kerak deb. PL zayavkasiga nechta o'yinchi tushirish kerak deb ko'rsatgan bo'lsa o'shani tishirishga haqqi bor. Agar Liverpul 11may Lester 13 mayda bo'lganda ham shunday qilar edi.MU 2 chi o'rinni olishi uchun bitta g'alaba yetadi.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты