Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu»ning sobiq sardori Antonio Valensiya futbolchilik faoliyatini yakunladi

13.05.2021, 12:07

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Antonio Valensiya futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Old Trafford»da boshdan kechirganlarimni hech qachon unutmayman. Gollar, sovrinlar va muxlislar hech qachon yodimdan chiqmaydi.

Bu kun tez orada keladi, deb o‘ylamagandim, ammo tanam mendan shunday qaror qabul qilishimni so‘radi. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilaman. Faoliyatim va hayotimning bir qismiga aylangan barchaga minnatdorchilik bildiraman», – deb yozadi 35 yoshli himoyachi Instagram’dagi sahifasida.

Valensiya «MYu»da 2009 yildan 2019 yilgacha to‘p tepgan va jamoa bilan ikki bor APLda, bir martadan Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Yevropa Ligasida zafar quchgan. U Ekvador milliy jamoasida 99 ta o‘yin o‘tkazgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.05

Pensioner dam ol
R

  Rahmatillo [off]
14.05

Ex attang

  [off]
13.05

ajoyib jangavor futbolchi edi

  [off]
13.05

Myuda oxirga vaqtlarda erkakcha uynagan uyinchi eshli yang bilan valensiya edi

  [off]
13.05

Ha valensiya juda yaxshi oyinchi edi. Van bissakaning qanotida oynagan
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты