«Manchester Yunayted» Varanning xaridiga qiziqmoqda
15.05.2021, 13:08
«Real» himoyachisi Rafael Varan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» Varanning vakillari bilan muzokaralarni boshladi.
Uni jamoada bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher ko‘rmoqchi. Futbolchining «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.
28 yoshli Varan joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 30 ta o‘yinda maydonga tushdi, 2 ta gol urishga erishdi.
Manba: www.championat.asia