Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Brunu Fernandesh APLda Frenk Lempardning rekordini yangiladi

15.05.2021, 23:47

«Manchester Yunayted» Premer Liga qoldirilgan 34-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi bahs olib bordi va 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mankunianlarning o‘yindagi dastlabki goliga Brunu Fernandesh muallif bo‘ldi. Bu portugaliyalik futbolchi uchun 2020/21 yilgi mavsumdagi 28-gol bo‘ldi.

Fernandesh APL yarim himoyachilari ichida bir mavsumda barcha musobaqalar doirasida gol urish bo‘yicha rekord natijani qayd etdi.

Bu borada Brunu «Chelsi» sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempardning natijasini yaxshiladi. Angliyalik sobiq futbolchi 2009/10 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 27 ta gol urgandi.

Fernandesh Angliya chempionati joriy mavsum to‘purarlari ro‘yxatida faqat Harri Keyn va Muhammad Salohdan (ikkisida ham 21 ta gol) ortda qolmoqda.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.05

MYU skautlari yaxshi ishlamiyapti shekilli. Fergyusson davrida boshqacha edi hammasi.

  Nodir [off]
18.05

Shu bola kelib Man. Utd.ni o'zgartirib tashadi

  Market_Utd [off]
16.05

Фредди 65 га олганиди шекили,е Ман адашдимми,Лекин Фредди узи 6,5 лик уйинчи.фернандешни нархи ошди фреддики кулади,калла ташаворди дисаям хато булмайди.

  [off]
16.05

Бундай иктидорларни топса болади лекин жамоа учин жон куйдирадигани кам хозир.Брунуга гап йок.

  [off]
16.05

Adashmasam Fred bilan bir narxda olingan pogbani yarim narxiga 55$ ga

  [off]
16.05

Brunoga oxshagan ( xarakter va iqtidor jihatidan) oyinchidan yana topish kerak ham arzon kelgan ham yondiryapti
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты