Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher muxlislar namoyishi haqida: «Mag‘lubiyatlarni oqlamoqchi emasman, ammo bu narsalar ta’sir qildi»

18.05.2021, 15:39

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher muxlislar tomonidan o‘tkazilgan namoyish jamoa natijalariga ta’sir qilgan yoki qilmaganligi haqidagi savolga javob berdi.

«Ikkita mag‘lubiyatimizni oqlamoqchi emasman, ammo shubhasiz, shu narsa sabab bo‘ldi.

Bunday vaqt ichida sifatli va samarali o‘yin ko‘rsatishning jismoniy tomonlama imkoni yo‘q. Tiklanish jarayoni bo‘lgani yo‘q. Odatdagidek kun tartibi ham bo‘lmadi», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, «MYu»ning «Liverpul»ga qarshi 2 may kungi o‘yini muxlislarning namoyishi sabab 13 mayga qoldirildi. Buning natijasida jamoada tig‘iz taqvim yuzaga keldi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
v

  van persie [off]
18.05

usha namoyishni deb maguayr jarohat oldi jamoani sardor sifatida ushlab turardi muhlislar janjal qigisi kesa gleyzerlarning uyini oldida namoyish qilsin

  Market_Utd [off]
18.05

Албатта тасир килди,уша пайти мю ениб турганиди,ливерни еворарди агар мухлислар халакит килмаганида.

  [off]
18.05

100 % haqiqat 5 kundan 3 ta uyin o'tkazishni o'zi bo'lmaydi axir,APL ham atayin qildi

  [off]
18.05

Admin!myu liverpul oyninining videosini saitga koymismi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты