Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Keyn «Tottenhem» rahbariyatiga jamoadan ketmoqchiligini xabar qildi. Unga APLning 3 klubi da’vogar

18.05.2021, 16:55

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Sky Sports’ning xabariga ko‘ra, hujumchi London klubi rahbariyatiga ketishni istayotganini aytgan.

«Tottenhem» 27 yoshli futbolchini sotmoqchi emas, ammo «MYu», «Manchester Siti» va «Chelsi» vakillari allaqachon «shporlar» bilan bog‘lanishgan.

Keyn APLda qolishni xohlaydi. Shuningdek, u kelajagi masalasini 11 iyunda boshlanadigan Yevropa chempionatigacha hal qilmoqchi.

Hujumchi o‘tgan yozdayoq «Tottenhem»ni tark etish niyatini bildirgandi, ammo «shporlar» uni jamoaning sovrinli o‘rinlarga harakat qilishiga ishontirishgandi. Ammo klub Premer Ligada 6-o‘rinni egallab turibdi va kelasi mavsumda YeChLda o‘ynamaydi.

Keyn bu mavsumda APLda 33 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.05

ong qanot hujumi kuchaytirishkere dib oyliman yahshi pas beradigan oyinchi yetishmidi va himoyani yanada kuchaytirishkere sabab standart vaziyatan kop gol otqizvomiz

  [off]
20.05

sanchezi olishi mumkin bita hinoyachi osa kere ololsa shu bilan kanes film boladi

  [off]
20.05

bu keyn manimcha city ga otadi yunayted omasa kere chunki cavani kantrak tuzdi

  [off]
18.05

Keyndi olib kameldin sulemananiyam olish kerak

  Market_Utd [off]
18.05

Агар Кейнниям ололса Бруно келганидаги каби ендирарди Мю,химоячинику олиши юз фоиз аник,Сулшерниям биринчи уриндаги бош огриги булса кере химоячи олиш.

  [off]
18.05

Tezroq olish kerak

  Nodir [off]
18.05

Bos tezroq M.U.
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты