Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» 35 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

26.05.2021, 10:40

«Aston Villa» darvozaboni Tom Xiton yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

35 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u yozda klubga qaytadi. Manchesterliklar so‘nggi haftalarda Xiton bilan muzokaralar olib borishdi va kelishuvga erishishdi.

Qayd etish kerakki, darvozabon «Manchester Yunayted»ga erkin agent maqomida o‘tadi.

Qizig‘i, Xiton hali faoliyati davomida «Manchester Yunayted»da o‘yin o‘tkazmagan.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты