Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fernandesh: «Finalga chiqish yaxshi, ammo barchasi mukammal bo‘lishi uchun bizga g‘alaba kerak»

26.05.2021, 13:17

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Yevropa Ligasi finali doirasida «Vilyarreal»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Jamoa jiddiy ravishda yaxshilandi. O‘tgan yilgidan kuchaydik. Albatta, finalga chiqish zo‘r, ammo barchasi mukammal bo‘lishi uchun bizga g‘alaba kerak. Nima qilishni bilamiz, lekin murabbiy aytganidek, imkoniyatlar teng.

Bizni ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida uzoq vaqt o‘ynagan murabbiy boshqaradi. Jamoa o‘ziga ishonmoqda. Navbat – finaldan zavq olishga. Bunday imkoniyat hammaga ham nasib etavermaydi.

Muxlislarsiz futbol – bu boshqa sport turi. Ularning finalga qaytishlari dalda beradi. Umid qilamanki, o‘yin ularga yoqadi», – deydi Fernandesh.

«Vilyarreal» – «MYu» bahsi bugun, 26 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.05

Omad va g‘alaba tilab qolaman

  Doniyor xiva [off]
26.05

Omad,
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты