Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu sobiq klubiga qaytishni istamoqda. Krishtianu Allegrining rejalaridan o‘rin olmagan

30.05.2021, 12:49

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida Turin klubini tark etmoqchi. U faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi Cadena Ser.

Manbaning yozishicha, portugaliyalik futbolchi «Yuve» Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgach, klubda qolishni istagan. Biroq Pirlo o‘rniga Massimiliano Allegri bosh murabbiy sifatida ish boshlagach, 36 yoshli forvard italiyalik mutaxassis rejalaridan o‘rin olmagani oydinlashgan.

Shu bois Krishtianu o‘z agenti Jorje Mendeshga variantlarni ko‘rib chiqishni so‘ragan. Qayd etilishicha, Ronalduning o‘zi sobiq klubi «Manchester Yunayted»ga qaytib, faoliyatini Angliyada davom ettirishni istamoqda.

Avvalroq, portugaliyalik forvardning manchesterliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu A Seriya joriy mavsumida 33 o‘yinda 29 ta gol kiritib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Krishtianuning Turindagi yillik maoshi 30 million yevroni tashkil etadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.06

Kelsayam cavani chalik o‘ynaolmaydi

  [off]
31.05

hotinini gapiga kirsa erkakmasakan bu odam

  [off]
30.05

Yana bitta Ikardi paydo buladida xotini gapiga kirsa
v

  van persie [off]
30.05

ronaldo xotini gapiga kirsa endi bilmadim

  [off]
30.05

Xotini uni Yuveda qolishini aytibdi
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты