Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APLda 6 yilda 7 ta o‘yinda maydonga tushgan Romero «MYu»ni tark etdi

05.06.2021, 14:57

Darvozabon Serxio Romero «Manchester Yunayted»ni tark etdi.

Romero mankunianliklar safiga 2015 yili «Sampdoriya»dan o‘tgandi. U 6 mavsum ichida APLda atigi 7 ta bahsda maydonga tushdi.

Argentinalik 34 yoshli darvozabon asosan kubok turnirlarida o‘ynadi. U 2016/17 yilgi mavsumda «Yunayted»ning Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan.

Romero o‘tgan mavsumda «MYu» safida birorta o‘yin o‘tkazmadi.

Shuningdek, yana bir posbon Li Grant va yarim himoyachi Xuan Mataning ham ingliz klubi bilan shartnomasi muddati yakuniga yetdi, ammo tomonlar hamkorlikni davom ettirish borasida muzokaralar o‘tkazishmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.06

West hamga o‘tsa zo‘r bo‘lardi kuchli darvozabon

  [off]
05.06

rahmat serhiyo
v

  van persie [off]
05.06

omad romero baribir uvol buldi shunday talant

  [off]
05.06

Рахмат Ромеро кейинги фаолиятингга омад тилайман

  [off]
05.06

Shu bola finaltini toʻsishda tengi yoʻq varatar edi
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты