Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Barselona» va «MYu» «Vilyarreal» forvardi uchun kurashmoqda

05.06.2021, 18:35

«Vilyarreal» forvardi Xerard Moreno ikki top-klub e’tiboriga tushdi.

29 yoshli futbolchiga «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ikki grand klub ham yozgi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Transfermarkt tomonidan 40 mln yevroga baholanayotgan futbolchi «sariq suvosti kemasi» bilan 2023 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Moreno o‘tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.06

Hozir aston villadagi oli watkins ham zo‘r formada osa bo‘ladi arzonroq

  [off]
06.06

Bu qari qarģa nahuy kerak 40 mlnga arziyamdi APLGA kelsa amiga dam berishadi buni ochiq varataga ham gol urolmaydigan bòb qoladi

  [off]
06.06

Finalda gol urgan ekan shunga endi olish kerakmi.moreno penaltichi ku bizda penaltini har doim aniq bajaradigan bruno borku

  Doniyor xiva [off]
05.06

Calvin lyun Dany INGz wotkins

  [off]
05.06

bu ketishda shomurodovga ham qiziqadi

  [off]
05.06

Endi shu bola finalda himoyachilarni xatosi tufayli gol urgani uchun qiziqaverish kerakmasda

  [off]
05.06

Qiziq mаstаn olish kеrаk
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты