Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Sancho bilan 2026 yilga qadar kelishuvga erishdi

10.06.2021, 17:09

Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Manchester klubi 21 yoshli o‘yinchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kelishuv 2026 yilga qadar imzolanishi kutilmoqda.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, «MYu» «Borussiya» bilan muzokarani boshlagan. Qayd etilishicha, nemis klubi angliyalik hujumkor yarim himoyachi uchun 95 million yevro so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, Sancho Bundesliga yakunlangan mavsumida 26 o‘yinda 8 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
10.06

har tugul pas berib oynidigan oyinchi

  [off]
10.06

voy malades! bolarkanu a transferlar xaqida yaxshi xabar eshtsak.

  [off]
10.06

Sancho myuga
Holland chelsiga òtadi
90% aniq

  Nodir [off]
10.06

Yaxshi yangilik endi rasman degan xabar chiqsa undanam a'lo bo'lardi

  [off]
10.06

Xudo xoxlasa yana markaziy himoyachi olish kerak.

  [off]
10.06

Tezroq rasmiylashtir boshqa komandalar transferni qoqib yotibdi
Umumiy: 26
« 1 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты