Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Tripperning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

14.06.2021, 11:13

«Atletiko» himoyachisi Kiran Tripper Angliyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 30 yoshli angliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Manchesterliklar Madrid klubi bilan muzokaralarni boshlashgan va o‘yinchi uchun 25 million yevro taklif qilishgan.

Tripper «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015-2019 yillarda «Tottenhem»da o‘ynagan.

Tripper o‘tgan mavsum «Atletiko» libosida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta assist ijro etdi. Futbolchi madridliklar bilan birga Ispaniya chempioniga aylandi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
14.06

Атлетико чемпионатга айланган болса янги мафсумдан Атлетико чемпионатни корамизаканда хаха хазил
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты