Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Real»dan ketayotgan Ramos qaysi jamoaga o‘tadi?

17.06.2021, 10:29

«Real»dan ketishini e’lon qilgan tajribali himoyachi Serxio Ramos uchun Yevropaning 3 ta grand klubi kurash olib bormoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 35 yoshli ispaniyalik futbolchini «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va PSJ klublari o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Ammo ushbu kurashda «shaharliklar» favorit sifatida e’tirof etilmoqda.

Ramos «Real»ni shartnoma muddati yakunlangani bois erkin agent sifatida tark etmoqda. U «qirollik klubi»da 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

2020/21 yilgi mavsumda Ramos jarohati sababli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Futbolchi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.

Manba: www.sports.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.06

Varan Real bilan shartnoma imzolayabdi,bu ham PSJ ga utadi aniq 12mln € maosh talab qilyabdi

  [off]
17.06

Varanga Oxshab gap chiqarishadi MYUga otadi deb no otmaydi qarab turasizlar

  [off]
17.06

Sityga utmedi gvardiolaga keremas yoki psjga oʻtadi yoki myuga

  Nodirjon [off]
17.06

Охирги пайтлар жарохатга мойил булиб қолган, Реал хам бекорга қуйиб ювормаяпти буни

  [off]
17.06

zor bulardi myuga otsa
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты