Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Varan «Manchester Yunayted»ga o‘tmaydi

18.06.2021, 10:33

«Real» himoyachisi Rafael Varan tez orada madridliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli fransiyalik futbolchi «qirollik klubi» bilan yangi shartnoma masalasida deyarli kelishuvga erishgan. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Bundan avvalroq Varanning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi.

Rafael o‘tgan mavsum La Ligada 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda raqib darvozasiga 2 ta gol urishga erishdi.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.06

mandayam samneniya boridi shuni olishiga

  [off]
18.06

enasinikiga kirib ketsin kemasa.kelmeydikan, nima qiladi shov shuv qilib

  [off]
18.06

Buni kelmasligi aniq ediyu chunki Ramos ketardi yozda,real ham ahmoqmasku ikkisini birdaniga quyib yuboradigan
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты