Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Endi «MYu» Pogbani 200 mln yevroga ham sotmaydi

15.08.2019, 14:58

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi bo‘yicha ishni yopdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra, fransiyalik futbolchining «Real»ga o‘tish ehtimollari juda past bo‘lgan. Biroq, «MYu» rahbariyati uni Angliyada transfer oynasi yopilganidan keyin ham sotib yuborishga rozi bo‘lishgan.

Lekin endi vaziyat o‘zgargan. Mankuanliklar Pogbani hatto 200 mln yevrolik taklif bo‘lsa ham sotishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba APLning 1-turida «Chelsi»ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoasining 2 ta goliga assistentlik qilgan edi.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.08

Рахмат админ ака шу йерда хам англиялигини курсатибдида

  Market_Utd [off]
15.08

Иложи булса Яна узайтириш кере шартномасини,Погба Мю учун энг мухим уйинчи,Мюни юраги десак хам булади.
a

  admin [off]
15.08

Ronaldinho, Angliyada tovon pul belgilanmidi manimcha. MYu shu vaqtgacha birorta futbolchisiga tovon puli belgiladi degan xabarni o'qimaganman. Tovon pulini belgilash Barsa, Realga chiqarilgan)))

  [off]
15.08

Иложи булса товон пулини хам ошириш керак
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты