Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Aleks Fergyuson sharafiga bronzadan haykal o‘rnatiladi

30.07.2021, 14:17

Shotlandiyaning «Aberdin» klubi jamoaning sobiq murabbiyi ser Aleks Fergyusonning haykalini yasashga buyurtma berdi.

Bronza haykal jamoa stadioniga o‘rnatiladi. Haykaltarosh Endi Edvards serning 1980 yilgi fotosuratidan foydalanadi. O‘shanda «Aberdin» «Seltik» va «Reynjers»ning 15 yillik hukmronligiga barham bergandi.

Klub Fergyuson boshqaruvida 3 bor Shotlandiya chempioni bo‘lgan va yana 4 bor mamlakat Kubogida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, u «Aberdin» bilan Shotlandiya Liga Kubogi, Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida zafar quchgan hamda 1986 yilda «Manchester Yunayted»ga yo‘l olgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.08

Myuni myu qilgan mana shu SER.

  [off]
01.08

Myuni myu qilgan mana shu SER.

  [off]
31.07

U boshqargan MYUni soĝindim

  [off]
31.07

MYUga SAFdan keyin muxlislik qilishni boshlaganla bu inson haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmasligi mumkin lekin

  [off]
31.07

SAF doimo MYU muxlislarining yuragida bo'ladi

  [off]
31.07

old traffordda haykal o'rnatilgan 2012 yilda
v

  van persie [off]
30.07

bronzamas oltin haykalini urnatish kere bu insonni usha haykalni old traffordga urnatish kere
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты