Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» «Preston» bilan o‘yinni jamoadagi ehtimoliy virus sabab bekor qildi

30.07.2021, 14:39

«Manchester Yunayted» «Preston» bilan shanba kuni o‘tkaziladigan o‘yinni bekor qildi.

«Kovid virusidan himoyalanish – «Manchester Yunayted»ning asosiy vazifasi. Asosiy jamoa test topshirganida, biz bir necha futbolchilardan ehtimoliy musbat testlarni oldik. Yana bir necha testlardan so‘ng, hammasi aniq bo‘ladi. Shu sababli ham biz o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo‘ldik», – deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» va «Preston» o‘rtasidagi o‘yin 31 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgandi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты